Skip to main content

YANGI KON: KELAJAK KADRLARINI BUGUN SHAKLLANTIRMOQDAMIZ

YANGI KON: KELAJAK KADRLARINI BUGUN SHAKLLANTIRMOQDAMIZ

Toshkent, O‘zbekiston – “Yangi Kon” kompaniyasi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialida tahsil olayotgan talabalar uchun xalqaro darajadagi mahorat darslarini tashkil etdi.

Mazkur tashabbus 2025-yil 14-aprel kuni imzolangan Memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Seminarlar kompaniyaning USGS, ENI, BP, Shell, SLB va Halliburton kabi yirik xalqaro tashkilotlarda tajribaga ega ekspertlari tomonidan olib borildi.

Seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar

17 va 29-aprel kunlari xalqaro ekspertlar Ronald Drake hamda Ehtisham Faisal geologiya va geofizika yo‘nalishlari bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar:

  • zamonaviy geologik-qidiruv ishlari bilan tanishdi;
  • murakkab seysmik ma’lumotlarni tahlil qilish tajribasini oldi;
  • xalqaro standartlar asosida ishlash jarayonlarini o‘rgandi;
  • real sanoat кейслари asosida amaliy bilimlarga ega bo‘ldi.

Strategik ahamiyati

“Yangi Kon” kompaniyasi yosh mutaxassislarni tayyorlashni mamlakat neft-gaz sanoatini rivojlantirishdagi muhim yo‘nalishlardan biri deb biladi.

Kompaniya:

  • xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga olib kiradi;
  • talabalar uchun amaliyot va mentorlik dasturlarini tashkil etadi;
  • eng iqtidorli yoshlar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini yaratadi.

Kelajak uchun investitsiya

“Yangi Kon” professional va zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislarni tayyorlash orqali mamlakat energetika sohasining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

Kompaniya universitet rahbariyati va seminar ishtirokchilariga faol hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

Kelajak mutaxassislarini ofisimizda kutib qolamiz!

Yangi Kon Seminar Collage