Ilmiy-Texnik Kengash – UDG-1 qudug‘ini sinovdan o‘tkazish oraliqlarini ko‘rib chiqish va belgilash
Nashr etilgan sana 7-oktabr, 2026
Ilmiy-Texnik Kengash – UDG-1 qudug‘ini sinovdan o‘tkazish oraliqlarini ko‘rib chiqish va belgilash
2026-yil 7-Oktabr kuni Ilmiy-Texnik Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Ilmiy-Texnik Kengash a’zolari, jumladan, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Uzbekgeofizika, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, professor tehnika fanlari doktori G.Abdullayev, Boston Consulting Group (BCG), SLB va Yangi Konning mas’ul vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida UDG-1 qudug‘ida sinovdan o‘tkazish va perforatsiya ishlarini amalga oshirish uchun istiqbolli oraliqlarni tanlash hamda ularning yakuniy chegaralarini belgilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda ishtirok etgan barcha mas’ul vakillar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi masala batafsil muhokama qilingandan so‘ng, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan 3 yirik oraliq (5, 6 va 7) doirasida jami 7 zonani sinovdan o‘tkazish uchun tanlash va ularni yakuniy belgilash bo‘yicha umumiy xulosaga kelindi hamda mazkur taklif ma’qullandi.
