Skip to main content

YANGI KON LITSENZIYALI MAYDONLARIDA 2D SEYSMIK QIDIRUV ISHLARI BOSHLANDI

2026-yil 19-avgust kuni Yangi Konning litsenziyalangan uchastkalarida 2D bilan seysmik qidiruv ishlari rasman boshlandi. Loyihaning asosiy maqsadi — yer qa’ridagi geologik tuzilishni batafsil o’rganish, istiqbolli tuzilmalarni aniqlash hamda keyingi qidiruv-burgʻulash ishlari uchun aniq nuqtalarni belgilashdan iborat.

100% AUDIT: DALA MAVSUMIGA TO’LIQ TAYYORGARLIK

Dala bosqichining boshlanishi oldidan seysmik qidiruv partiyasining qatʼiy majmuaviy auditi oʻtkazildi. Mutaxassislar tomonidan 100 dan ortiq maxsus texnika va uskunalar birligining tayyorligi va texnik holati to’liq tekshiruvdan o‘tkazildi. Mobilizatsiya majmuasiga quyidagilar kiritildi:

  • Og’ir vibro-manbalar va burg’ulash qurilmalari;
  • Zamonaviy seysmik stansiyalar va yuqori sezgirlikka ega geofonlar;
  • Dala tadqiqot laboratoriyalari;
  • Yordamchi texnika: vaxta avtotexnikalari va xodimlar uchun mobil turar-joy shaharchasi.

STRATEGIK USTUVORLIK — INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGI

Bugungi kunda neft-gaz sohasida investitsiyalarning samaradorligi muvaffaqiyatning asosiy omiliga aylanmoqda. 2D seysmik qidiruv ishlari yer qa’riga chuqur “nazar tashlash” va qatlamlarning dastlabli xaritasini yaratish imkonini beradi.

Seysmik qidiruv ishlari natijasida olingan maʼlumotlar tahlili istiqbolli quduqlarning burgʻulash nuqtalarini aniqlash imkonini beradi, bu esa “quruq” quduqlarni burgʻulash xavfi va xarajatlarini istisno qilib, loyihaning tijoriy muvaffaqiyatini oshiradi.

Seismic Exploration
Seismic Exploration
Seismic Exploration
Seismic Exploration
Seismic Exploration