Skip to main content

YANGI KON Kanadaning yetakchi texnologik kompaniyasi bilan seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

YANGI KON KANADANING YETAKCHI TEXNOLOGIK KOMPANIYASI BILAN SEYSMIK MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH BO‘YICHA HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

2026-yil 8-oktabrda YANGI KON va THRUST BELT IMAGING kompaniyalari o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Memorandum geologiya-qidiruv sohalarida bulutli yechimlar qo‘llash, bilim almashish hamda seysmik ma’lumotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga oluvchi texnik hamkorlikka qaratilgan.

«YANGI KON» kompaniyasining yosh mutaxassislari Kanadada amaliyot o‘tash va xalqaro texnik loyihalarda qatnashish orqali tajriba hamda ko‘nikmalarni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, keyinchalik esa ular ushbu malakani neft va gaz salohiyatini o‘rganish va prognoz qilishda qo‘llaydilar.

THRUST BELT IMAGING va YANGI KON logotiplari