Skip to main content

YANGI KON XODIMLARI HALLIBURTON KOMPANIYASINING LANDMARK DASTURINI MUVAFFAQIYATLI O'ZLASHTIRDILAR

“Yangi Kon” MChJ o‘z xodimlarining kasbiy mahoratini rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Malaka oshirishning navbatdagi bosqichi doirasida kompaniya mutaxassislari “Landmark” dasturiy ta’minot majmuasi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursini o‘tashdi. Ushbu dasturiy ta’minot “Halliburton” kompaniyasining neft va gaz quduqlarini loyihalash, rejalashtirish hamda qurilishini muhandislik jihatidan kuzatib borishda dunyoda keng qo‘llaniladigan yetakchi yechimlaridan biri hisoblanadi.

O‘quv kursi formati va mazmuni

O‘quv dasturi to‘liq bir haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zida nazariy tayyorgarliklar bilan birga real keyslar va ishchi ssenariylar asosida ko‘nikmalarni jadal amaliyotda sinab ko‘rishni qamrab oldi. Ushbu vaqt mobaynida xodimlar tizimning asosiy modullarini batafsil o‘rganib chiqdilar:

  • COMPASS
  • StressCheck
  • WellPlan

O‘quv kursi ishtirokchilari

Dasturda kompaniyaning tegishli bo’limlari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filiali bitiruvchilari — yosh mutaxassislar ishtirok etishdi.

O‘quv kursi natijalari

Bir haftalik o‘quv kursidan so’ng barcha ishtirokchilar yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, “Landmark” dasturiy ta’minotini o‘zlashtirganlik darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo’lishdi.

YANGI KON XODIMLARI HALLIBURTON KOMPANIYASINING LANDMARK DASTURINI MUVAFFAQIYATLI O'ZLASHTIRDILAR