Kelajak kadrlar salohiyatini bugundan shakllantirmoqdamiz
Nashr etilgan sana 30-oktabr, 2026
Kelajak kadrlar salohiyatini bugundan shakllantirmoqdamiz
Toshkent, O‘zbekiston — «Yangi Kon» “I. M. Gubkin” nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialida tahsil olayotgan talabalar uchun xalqaro mahorat darsi tashkil etdi.
Mazkur tashabbus 2025-yil 14-aprelda imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda. Seminarni yirik xalqaro tashkilotlarda ish tajribasiga ega jamiyat eksperti Bogdan Plotnikov olib bordi.
Seminar
30-oktyabr kuni xalqaro ekspert Bogdan Plotnikov geologiya va geofizika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi.
Seminar davomida talabalar:
- zamonaviy geologiya-qidiruv ishlari usullari bilan tanishdilar;
- murakkab seysmik ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar;
- xalqaro standartlarga muvofiq ish jarayonlarini o‘rgandilar;
- real sohaviy misollar asosida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Maqsad
«Yangi Kon» jamiyati yosh mutaxassislarni tayyorlashni mamlakat neft-gaz sanoatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydi.
Kompaniya:
- xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etadi;
- talabalar uchun amaliyot va ustoz-shogirdlik dasturlarini tashkil etadi;
- eng istiqbolli va iqtidorli yosh mutaxassislar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini yaratadi.
Kelajakka sarmoya
«Yangi Kon» jamiyati mamlakat energetika sektorining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shib, zamonaviy bilim, kasbiy mahorat va yangicha fikrlash qobiliyatiga ega mutaxassislarni tayyorlashga intilmoqda.
Kompaniya universitet rahbariyatiga hamda seminar ishtirokchilarining barchasiga faol hamkorlik va samarali ishtirok uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
