Skip to main content

Burg'ilash ishlari bo'yicha superintendant

Joylashuv: O'zbekiston
Turi: 28 kunlik navbatchilik (vaxta) ish tartibi (28 kun ish / 28 kun dam olish)
E'lon qilingan: 2-mart, 2026

About the Role

Biz bir nechta ob’ektlarda burg’ilash ishlarini strategik boshqarish uchun tajribali Burg’ilash ishlari bo’yicha superintendantni ishga taklif qilamiz. Ushbu lavozim burg’ilash rejalarini nazorat qilish, pudratchilar bilan aloqalarni boshqarish, texnik dasturlarga (HPHT va an’anaviy quduqlar) va Sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish (HSE) standartlariga muvofiq burg’ilash hamda quduqlarni sinash ishlarining xavfsiz va samarali bajarilishini ta’minlash, shuningdek, operatsion jamoalarga ustozlik qilishni o’z ichiga oladi.

Key Responsibilities

Strategik boshqaruv va rejalashtirish

  • Bir vaqtning o’zida bir nechta burg’ilash loyihalarini boshqarishni nazorat qilish.
  • Burg’ilash jadvallarini tasdiqlash va ularga rioya qilinishini ta’minlash.
  • Servis pudratchilari bilan yuqori darajadagi aloqalarni o’rnatishda ishtirok etish.
  • Xavfsizlik yoki sifatga zarar yetkazmagan holda xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlash. Operatsion nazorat va texnik ekspertiza
  • Murakkab operatsion hodisalar (masalan, quvurning qattiq qisilib qolishi, eritma yutilishi) paytida asosiy texnik ekspert sifatida ishtirok etish.
  • Unumsiz vaqt (NPT) tahlillarini muntazam o’tkazish va tuzatish choralarini ko’rish. Xodimlarni boshqarish va rivojlantirish
  • Burg’ilash nazorati bo’limiga rahbarlik qilish, katta mutaxassislar va supervayzerlar uchun rollarni aniq belgilash hamda kichik mutaxassislarga ustozlik qilish.
  • Xodimlar malakasini oshirishni boshqarish, ularning faoliyatini baholash va martaba o’sishiga ko’maklashish.
  • Navbatchilik (vaxta) ish jadvallarini muvofiqlashtirish (28 kun ish / 28 kun dam olish).

Hisobot va tahliliy mas’uliyat

  • Rahbariyatga operatsion jarayonlar, xavf-xatarlarni baholash va KPI ko’rsatkichlariga erishilganligi to’g’risida muntazam hisobotlar taqdim etish.
  • Ish jarayonini doimiy takomillashtirish uchun “Olingan saboqlar” (Lessons Learned) ma’lumotlar bazasini yuritish va undan foydalanish.

Required Experience and Skills

  • Burg’ilash sohasida kamida 10 yillik ish tajribasi, shundan kamida 5 yili rahbarlik yoki superintendant lavozimlarida.
  • Bir vaqtning o’zida bir nechta burg’ilash loyihalarini boshqarishda tasdiqlangan tajriba.
  • Operatsion qiyinchiliklar paytida texnik qarorlar qabul qilishda yetakchilik qobiliyati.
  • Kuchli yetakchilik, muvofiqlashtirish va operatsion nazorat ko’nikmalari.
  • Ingliz va rus tillarini bilish (o’zbek tilini bilish afzallik beradi).

Preferred (Advantageous) Qualifications

  • HPHT (yuqori bosim va yuqori harorat) sharoitida burg’ilash ishlarini boshqarish tajribasi.
  • O’zbekiston yoki Markaziy Osiyo mintaqasida burg’ilash ishlarida tajriba.
  • O’zbek tilini bilish.

Working Conditions & Practical Information:

  • Lavozim burg’ilash ob’ektlariga muntazam xizmat safarlarini nazarda tutadi.
  • Ish joyi: O’zbekistondagi ob’ektlar.

Info & How to Apply

  • Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil 1-aprel.
  • Nomzodlar o’z arizalarini (rezyume) info@yangikon.uz elektron pochta manziliga, mavzu qismida “Drilling Superintendent” deb ko’rsatgan holda careers@yangikon.uz yuborishlari so’raladi.

Arizalar kelib tushgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Belgilangan muddatdan ilgariroq ariza topshirish tavsiya etiladi.




Yangi Kon is an equal opportunity employer. We celebrate diversity and are committed to creating an inclusive environment for all employees.