Skip to main content

Bosh geolog

Joylashuv: Toshkent, O'zbekiston
Turi: To'liq ish kuni
E'lon qilingan: 20-oktabr, 2025

Lavozim haqida

Biz yerosti qatlamlarini o‘rganish va o’zlashtirish bo‘yicha tashabbuslarni boshqarish uchun tajribali Bosh geologni izlayapmiz. Ushbu lavozim egasi geologiya, geofizika va kollektorlar bilan bog‘liq jarayonlarda texnik va strategik yetakchilikni amalga oshiradi, konlarni rivojlantirishga ko‘mak beradi, manfaatdor tomonlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi va uzoq muddatli resurs salohiyatining o‘sishini ta’minlaydi.

Asosiy vazifalar

  • Geologik va seysmik dasturlar bo‘yicha strategik yo‘nalishni belgilash
  • Seysmik talqin, istiqbolli hududlarni aniqlash va quduq joylashuvini rejalashtirish jarayonlarini boshqarish
  • Quduqlarni burg‘ulash strategiyasiga rahbarlik qilish va puxta risk tahlilini ta’minlash
  • Geologik modellar va kollektor simulyatsiyasi bo‘yicha ishlarga yetakchilik qilish
  • Zaxiradorlikni optimallashtirish va infratuzilmaga oid qarorlar qabul qilishda boshchilik qilish
  • Texnik talablar, muvofiqlik va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash
  • Ko‘p tarmoqli jamoalarga mentorlik qilish va texnik salohiyatni rivojlantirish
  • Geologiya bo‘yicha texnik ma’lumotlarni manfaatdor tomonlar va aksiyadorlarga taqdim etish

Talab qilinadigan tajriba va ko’nikmalar

  • Yetakchi neft-gaz kompaniyalarida kamida 15 yil geologik qidiruv (gaz yo‘nalishida) tajribasi
  • Geologiya va geofizika bo‘yicha texnik jamoalar va strategiyani boshqarish bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasi
  • Petrel kabi geologik modellashtirish vositalarida yuqori darajadagi tahliliy ko‘nikmalar
  • Kollektor modellashtirish va zaxiralarni baholash bo‘yicha ilg‘or bilimlar
  • Markaziy Osiyo yoki Rossiyada ish tajribasi (O‘zbekistondagi tajribaga afzallik beriladi)
  • Geologiya, geofizika yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasi
  • Rus va ingliz tillarini mukammal bilish

Afzal ko’riladigan tajriba va ko’nikmalar

  • HPHT (yuqori bosim, yuqori harorat) sharoitlarida burg‘ulash va quduq rejalashtirish tajribasi
  • Aktivlar auditi, zaxiralarni baholash va investorlar bilan ishlash bo‘yicha tajriba

Ma’lumot va ariza topshirish tartibi

Iltimos, quyidagi hujjatlarni o’z ichiga olgan arizangizni yuboring:

  • Amaldagi CV / rezyume
  • Qiziqishlaringiz va tegishli tajribangizni tushuntiruvchi motivatsion xat
  • Siz boshqargan yoki ishtirok etgan asosiy loyihalar ro‘yxati
  • Uchta professional tavsiyanoma uchun aloqa ma’lumotlari

Arizalarni quyidagi manzilga yuboring: careers@yangikon.uz

Arizalar kelib tushgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Belgilangan muddatdan ilgariroq ariza topshirish tavsiya etiladi.




Yangi Kon teng imkoniyatlarni ta’minlovchi ish beruvchidir. Biz xilma-xillikni qadrlaymiz va barcha xodimlar uchun inklyuziv muhit yaratishga intilamiz.